«marg‘ilon shahri» tegli maqolalar


Marg‘ilon aholisi ombudsmanga murojaat qilib, gavjum chorrahaga svetofor o‘rnatishga erishdi
30 aprel 2024, 14:15

Marg‘ilon aholisi ombudsmanga murojaat qilib, gavjum chorrahaga svetofor o‘rnatishga erishdi

Marg‘ilon shahridagi “Xo‘ja porso” MFY aholisi avtohalokat xavfi yuqori bo‘lgan chorrahaga svetofor o‘rnatishga ko‘mak berishni so‘rab ombudsmanga murojaat qildi. Ombudsmanning “tegishli tashkilotlar”ga murojaatidan so‘ng masala ijobiy hal etildi.

“Aybsizlik prezumpsiyasi buzilgani yo‘q”. Marg‘ilonda qora Gentra haydovchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi
4 dekabr 2023, 16:09

“Aybsizlik prezumpsiyasi buzilgani yo‘q”. Marg‘ilonda qora Gentra haydovchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Marg‘ilon shahrida qora rangdagi o‘nlab Gentra mashinalari haydovchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Bu aynan shu rangdagi Gentra avtomobillarining davlat raqami belgisini yechib harakatlanish ko‘paygani bilan izohlandi. Farg‘ona viloyati IIB jarayon profilaktik ishlarning bir qismi ekanini ta’kidladi.

Rishton tumani va Marg‘ilon shahriga hokimlar tayinlandi
12 avgust 2023, 08:15

Rishton tumani va Marg‘ilon shahriga hokimlar tayinlandi

Bahodir Xoliqov Farg‘ona viloyatining Rishton tumaniga, Shukurulloxon Nisbatxonov esa Marg‘ilon shahriga hokim etib tayinlandi. Prezidentning viloyatga tashrifi chog‘ida har ikki hududning sobiq rahbarlari ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun lavozimidan olingandi.

Prezident ishdan olgan Marg‘ilon hokimi o‘z yordamchisi va kotibini rag‘batlantirish bo‘yicha farmoyish chiqardi
2 avgust 2023, 15:22

Prezident ishdan olgan Marg‘ilon hokimi o‘z yordamchisi va kotibini rag‘batlantirish bo‘yicha farmoyish chiqardi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida 27-iyul kungi yig‘ilishda Marg‘ilon shahri hokimi Adham Ziyavitdinovni ishdan olgandi. Ammo hokim 28-iyulda yordamchisi va kotibni rag‘batlantirish bo‘yicha farmoyish chiqardi, hujjat keyinchalik yashirib qo‘yildi. Hokimlik farmoyishni viloyat prokuraturasi o‘rganayotganini bildirdi.

Namangan va Farg‘onada aholiga ajratilgan 65 tonna un sotib yuborilgani aniqlandi
9 iyun 2022, 10:57

Namangan va Farg‘onada aholiga ajratilgan 65 tonna un sotib yuborilgani aniqlandi

Namangan va Farg‘onada aholiga ajratilgan arzon narxdagi un mahsulotini boshqa shaxslarga sotib yuborilgani aniqlandi. Pop tumanida MJCH rahbari 54,9 tonna, Marg‘ilon shahrida esa xususiy korxona mansabdorlari 10,1 tonna un mahsulotini qimmatroq narxda sotgani ma’lum bo‘ldi.

Farg‘onada «Cobalt» bilan to‘qnashgan «Damas» haydovchisi mashina ichida yonib ketdi
15 dekabr 2021, 12:42

Farg‘onada «Cobalt» bilan to‘qnashgan «Damas» haydovchisi mashina ichida yonib ketdi

Marg‘ilonda «Damas» haydovchisi chapda burilish vaqtida to‘g‘ridan kelayotgan «Cobalt» mashinasini o‘tkazib yubormagani natijasida avariya sodir bo‘lgani aytilmoqda. Buning oqibatida esa «Damas» avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan va haydovchi mashina ichida vafot etgan.

Marg‘ilon shahar xalq ta’limi bo‘limi sobiq boshlig‘i 1,7 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda
3 noyabr 2021, 11:58

Marg‘ilon shahar xalq ta’limi bo‘limi sobiq boshlig‘i 1,7 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda

Marg‘ilon shahar xalq ta’limi bo‘limi sobiq boshlig‘i qurilish davrida 1,7 mlrd so‘m miqdordagi mablag‘larni talon-toroj qilganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting